A Seriya. “Lechche” – “Atalanta” bahsida 9ta gol urildi, Sapatadan xet-trik

Eldor Akmurzayev
1 mar 2020, 21:18
Italiya chempionatining 26-turi doirasida “Lechche” o'z maydonida “Atalanta”ni qabul qilib, 2:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar tarkibida Rikardo Saponara hamda Julio Donati raqib darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, raqiblardan esa Duvan Sapata xet-trikka erishdi va qolgan gollar Yosip Ilichich, Luis Muriel hamda Ruslan Malinovskiy hisobiga yozildi. Uchrashuv boshida Donati avtogol muallifiga ham aylangan. 

Mazkur g'alabadan keyin “Atalanta” ochkolari sonini 48taga etkazib, jadvalda 4-o'ringa ko'tarildi. 

Lechche – Atalanta 2:7 (2:2, 0:5)

via del Mare

Gollar: 0:1 – 17, avtogol Donati, 0:2 – 22 Sapata, 1:2 – 29 Saponara, 2:2 – 39 Donati, 2:3 – 47 Ilichich, 2:4 – 54 Sapata, 2:5 – 62 Sapata, 2:6 – 87 Muriel, 2:7 – 90 Malinovskiy.

Lechche – Gabriel, Donati, Rossettini, Luchoni, Kalderoni, Maer (Taxcidis, 63), Barak, Deyola, Mankozu (Shaxov, 63), Saponara, Lapadula.

Atalanta – Gollini, Xatebur, Palomino, Kaldara, Gosens, Froyler, de Ron, Gomes (Malinovskiy, 69), Pashalich, Ilichich (Muriel, 73), Sapata (Tamez, 85).

Ogohlantirishlar: Xatebur (45), Palomino (57), Luchoni (66), Saponara (70).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia