So'nggi 6ta jahon chempionatida "Oltin to'p" chempion futbolchiga berilmadi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018, 11:23
Kecha, 15 iyul kuni Fransiya hamda Xorvatiya o'rtasida JCH-2018 final uchrashuvi o'tkazildi.

Bahs 4:2 hisobida fransiyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrini chempion jamoa o'yinichisi emas, ikkinchi o'rinni olgan jamoa vakili - Luka Modrichga topshirildi. Shunday qilib, ketma-ket 6 mundialda turnirning eng yaxshi futbolchisi chempion bo'la olmadi. Ushbu anana 1998 yildagi jahon chempionatidan boshlangan.

1998 - Ronaldo (Braziliya, 2-o'rin)

2002 - Oliver Kan (Germaniya, 2-o'rin)

2006 - Zinedin Zidan (Fransiya, 2-o'rin)

2010 - Diego Forlan (Urugvay, 4-o'rin)

2014 - Lionel Messi (Argentina, 2-o'rin)

2018 - Luka Modrich (Xorvatiya, 2-o'rin)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia