6 yoshli bola o'z kumiri bilan uchrashish uchun Chiliga bordi

Xayrulla Xoliqov
10 iyun 2019, 17:01
Eronlik yosh bolakay Adrian Mogimbeiglu futbolning ashaddiy muxlisi.

U ayniqsa Arturo Vidalning o'yinlarini miriqib tomosha qiladi. Yaqinda 6 yoshli bolakay Vidal bilan uchrashish maqsadida atayin Chiliga bordi va bir yo'lini qilib Vidal bilan uchrashdi. 

Adrian Arturo Vidal bilan Santyagoda uchrashdi. "Barsa" futbolchisi bolakayga o'z surati tushirilgan futbolkani sovg'a qildi hamda uni Chili - Gaiti o'rtoqlik uchrashuviga taklif etdi. Mazkur bahsda chililiklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Vidal bolakay bilan tushgan suratini o'z Instagram sahifasiga joyladi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com