6 ta uchrashuv g'olibini topgan robot finalda qaysi jamoa g'alaba qozonishini bashorat qildi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2017, 21:47
Robot Bakster Chili va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi Konfederatsiyalar Kubogi finali natjasini bashorat qildi.

Robot turnir boshidan musobaqaning 6 ta o'yini natijasini topishga ulgurgan edi (hisob emas).

17.06 Rossiya – Yangi Zelandiya 2:0 

18.06 Kamerun – Chili 0:2 

19.06 Avstraliya – Germaniya 2:3 

21.06 Meksika – Yangi Zelandiya 2:1 

24.06 Meksika – Rossiya 2:1 

24.06 Yangi Zelandiya – Portugaliya 0:4 

3 ta maxsus kamera orqali atrofni tahlil qilgan robot kubiklardan birini tanlaydi va uni xodimga topshiradi. Bu safar Bakster Chili g'alabasini taxmin qildi va xatto hisob 3:1 bo'lishini aytdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com