6 ta jamoa ishtirok etadigan PRO Liga qur'asi qachon bo'lishi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
6 mar 2025, 12:47
“Superliga va PRO-Liga reglamenti” orqali tartibga solinadigan PRO-Liganing yangi mavsumiga 10 mart kuni qur'a tashlanadi.

Klublar o'zaro to'rt davra bellashadi va ularning har biri jami 20 tadan o'yinda maydonga tushadi.

Qur'a 12:00da start oladi va Liga rasmiy sahifalari orqali jonli efirga olib chiqiladi. Taqvim reja ishlab chiqilayotganda esa Proliga klublarining O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi o'yinlari inobatga olinadi.

Quyi divizion jamoalari orasidan bir nechtasida 2026 yilgi mavsumni Proligada o'tkazish imkoniyatiga ega. Liga mavsum davomida ular bilan hamkorlikda ishlash hamda Proligaga tayyorlash masalasida hamkorlik qilishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Proliga klublariga transfer oynasi 28-fevral kuni yopilgan bo'lib, mavjud 6 klubning barchasi kerakli futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pfl.uz