5 ta jamoa ECHL pley-off yo'llanmasini naqd qildi

Khoja
11 dek 2025
Chempionlar Ligasining umumiy bosqichining olti turidan so'ng, beshta jamoa pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.

"Arsenal", "Bavariya", PSJ, "Manchester Siti" va "Atalanta" 25-o'rindan pastga tushmaydi.

Umumiy bosqichdan eng yaxshi sakkizta jamoa to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l oladi, to'qqizinchidan 24-o'ringacha bo'lgan jamoalar esa pley-off bosqichida o'ynaydi, ularning g'oliblari ham 1/8 finalga yo'l olishadi.

Bu yilgi Chempionlar Ligasi finali Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi. Musobaqaning hal qiluvchi o'yini 2026-yil 30-may kuni bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: skysport