48 soatlik turnir! Superliga bekor qilinishga yaqin

Mirjalol Normatov
21 apr 2021, 00:08
Yevropa Superligasi turniri bekor qilinishi mumkin.

"talkSPORT" xabariga ko'ra, biroz oldin Superliganing 12 tashkilotchi-a'zolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tgan va unda musobaqaning bekor qilinishi masalasi ko'rib chiqilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, bunga muxlislar va futbol ichidagi boshqa shaxslarning keskin noroziligi sabab bo'lgan.

Hozircha bu borada aniq ma'lumot keltirilganicha yo'q. Shu paytga qadar "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi klublar ushbu turnirdan chiqib ketish uchun ariza topshirgan. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: talkSPORT