42 yoshli Buffon futboldagi faoliyatini davom ettiradi

Mirjalol Normatov
11 apr 2020
"Yuventus" rahbariyati futboldagi faoliyatini davom ettirishni istayotgan Janluijji Buffonga yangi shartnoma taklif qiladi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, posbonga 2021 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma taklif qilinadi. Yodingizda bo'lsa, Buffon PSJdagi bir mavsumlik faoliyatdan so'ng o'tgan yozda "Yuve"ga qaytgandi. Parijda u 2 sovringa ega chiqdi.

Ushbu mavsumda Buffon 11 o'yinda qatnashdi va 9 gol o'tkazib yubordi. U turinliklar safida 9 bora A Seriya g'olibi bo'lgan. Ayni damda "keksa sinora"lar turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia