40 yoshli hujumchi "Verder" bilan shartnomani uzaytirdi

18 may 2019, 21:05
Germaniyaning "Verder" jamoasi hujumchisi Klaudio Pisarro klubdagi faoliyatini davom ettiradi.

40 yoshli perulik bremenliklar bilan yana bir yillik kelishuvga erishgan. Yaqin kunlarda Pisarro rasman yangi shartnoma imzolaydi. U Germaniya chempionatida 1999 yildan beri o'ynab kelmoqda.

Joriy mavsum Klaudio 25 o'yinda 4 ta gol urdi va 2 bor golli uzatmani amalga oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: werder.de