4 karra YCHL g'olibi "Real"da qolishga qaror qildi

Alisher
12 may 2024
Klub tarbiyalanuvchisi Lukas Vaskes kyetish fikridan qaytdi.

Tomonlar bitimni uzaytirish borasida kelishuvga erishishdi. Jamoa "qariya"laridan biri "Real"da kamida bir mavsumga qoladi.

Rasmiy ma'lumot Chempionlar ligasi finaliga qadar beriladi. Vaskes ortiq MLSdan tushayotgan takliflarni ko'rib chiqmaydi.

32 yoshli ispan joriy mavsum La Liga doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 7ta assist qayd etdi. Vaskes asosiy jamoada 2015 yildan beri o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: Relevo