

Bu Arne Slot jamoasining joriy mavsum APLdagi 10-mag'lubiyati bo'ldi. Bunday natija so'nggi bor 2015-2016 yilgi mavsumda sodir bo'lgandi.
Joriy mavsumda mersisaydliklar quyidagi jamoalarga yutqazdi: "Kristal Pelas" (1:2), "Chelsi" (1:2), "Manchester Yunayted" (1:2), "Brentford" (2:3), "Manchester Siti" (0:3 va 1:2), "Nottingem Forest" (0:3), "Bornmut" (2:3), "Vulverxempton" (1:2) va "Brayton".
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda APLning amaldagi chempionlari turnir jadvalining 5-o'rnida ketmoqda.



