Finalissima "Santyago Bernabeu"ga yo'l olmoqda

Sherzod Nurmatov
12 mar 2026
Ispaniya – Argentina o'yini 27 mart sanasida Madridda bo'lib o'tadi.

Avvaliga 27 mart kuni Dohada o'tkazilishi rejalashtirilgan Finalissima hal qiluvchi muzokaralar natijasida Ispaniyaga ko'chirildi. Uchrashuvni qabul qilish uchun eng katta favorit hisoblangan "Santyago Bernabeu" tanlandi.

AS nashrining ma'lum qilishicha, Janubiy Amerika chempioni Argentina va Yevropa chempioni Ispaniya o'rtasidagi mazkur bahsni aynan madridliklar stadioni qabul qiladi. Bu jahon miqyosida katta ahamiyatga ega to'qnashuv bo'lib, u mumkin bo'lgan eng yaxshi arenada: Ispaniya poytaxtida va 2030 yilgi Jahon chempionati finalini ham qabul qilishi mumkin bo'lgan inshootda o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS