"Arsenal" MYUning asosiy futbolchilaridan birini tekinga qo'lga kiritishi mumkin

Khoja
8 mar 2026
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini London jamoasida davom ettirishi mumkin.

Braziliyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. "To'pchilar" yozda MYU bilan shartnomasi yakunlanadigan 34 yoshli futbolchini erkin agent sifatida jamoaga qo'shib olishmoqchi. Ma'lumotlarga qaraganda, "Arsenal" rahbariyati allaqachon futbolchining agentlari bilan muzorakalar olib borgan.

Ma'lumot uchun, Kazemiro "Manchester Yunayted" safida 2022 yildan beri harakat qilib keladi. Futbolchi joriy mavsum 28 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 2 ta assist bor. 

Futbolchiga "Arsenal"dan tashqari MLS va Saudiya Arabistonidan takliflar bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com