Pro liga yangi mavsumiga qur'a tashlandi: "Metallurg" ilk turda safarda, "G'azalkent" esa uyda o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2026
Pro liga-2026 musobaqasi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Pro ligaga Berger tizimi asosida qur'a tashlandi va mavsum davomida 14 ta jamoa 13 ta uy, 13 ta safar bahsida ishtirok etadi.

1-tur juftliklari

"Yaypan" – "Metallurg"

"TerDU" – "Lochin"

"Paxtakor farm" – "FarDU"

"Jayxun" – "Kattaqo'rg'on"

"Sho'rtan" – "Olimpik-MobiUz" 

"G'azalkent" – "BuxDU" 

"Aral" – Respublika futbol akademiyasi (RFA)

Eslatib o'tamiz, PFL matbuot xizmati Pro liga 5 apreldan start olishini ma'lum qilgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia