Italiya Kubogi. "Lacio" amaldagi sovrin egasini musobaqadan chiqarib yubordi

Iskandarov Abdulaziz
12 fev 2026
Italiya Kubogi 2025/2026 yilgi mavsumining chorak final bosqichida "Bolonya" va "Lacio" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bahs Bolonya shahridagi "Renato Dall'Ara" stadionida bo'lib o'tdi. Asosiy vaqtda jamoalar 1:1 hisobida durang o'ynadi. Penaltilar seriyasida esa mehmonlar g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni 30-daqiqada "Bolonya" hujumchisi Santyago Kastro ochdi. 48-daqiqada esa "Lacio" forvardi Noslin muvozanatni tikladi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida esa rimliklar aniqroq harakat qildi.

Shu tariqa, "Lacio" futbolchilari musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.

"Bolonya" – "Lacio" 1:1 (penaltilar bo'yicha – 1:4)

"Renato Dal'Ara" stadioni

"Bolonya": Skorupski, Zortea, Vitik, Lukumi (Fauske, 80), Miranda, Moro (Froyler, 61) Fergyuson, Orsolini, Odgor (Som, 70), Kambyagi (Bernardeski, 70), Kastro (Dallinga, 80).

"Lacio": Provedel, Marushich, Gila, Romanoli, Pellegrini (Tavaresh, 80), Dele-Bashiru, Rovella (Kataldi, 61), Teylor, Isaksen (Kanseleri, 80), Maldini (Dia, 61), Pedro (Noslin, 45). 

Ogohlantirishlar: Gila (9), Kastro (47), Miranda (74), Tavaresh (86), Vitik (90+1).

Ma'lumot uchun, Italiya Kubogi 1/8 final bosqichida "Bolonya" "Parma"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi. "Lacio" esa ushbu bosqichda "Milan"ni 1:0 hisobida enggan.

Ayni paytda Italiya Kubogining amaldagi sohibi "Bolonya" hisoblanadi. Jamoa o'tgan mavsum finalida "Milan" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia