Eshitdik-da! "Bunyodkor" mart oyida uyda o'ynamasligi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
12 fev 2026
27 fevral sanasidan e'tiboran Superliganing 2026 yilgi mavsumiga start beriladi.

Mart oyida esa O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series xalqaro turnirida qatnashadi. Ma'lumotlarga qaraganda, "Bunyodkor" stadioni ushbu turnirga asralishi sababli "qaldirg'ochlar" martda o'z uyida to'p tepmasligi mumkin. 

Superliga taqvimiga ko'ra, Ilyos Zeytullaev shogirdlari 6 mart kuni mazkur maydonda "Dinamo"ni qabul qilishi kerak. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia