

Yopiq eshiklar ortida o'tayotgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlandi.
Bellashuv 35 daqiqadan 3 taym davom etadi.
Uchrashuv 19-daqiqasida "Urartu" a'zosi Xariton Ayvazyan hisobni ochdi. 35-daqiqada Alisher Odilov hisobni tenglashtirdi.
58-daqiqada Javohir Husanov terma safidagi ikkinchi golini urdi. U Xitoy bilan bahsda ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygandi.
62-daqiqada himoyachi Doston Tursunov hisobni oshirdi.
70-daqiqada Avazbek O'lmasaliev hisobni yanada yiriklashtirdi - 4:1.
105+3-daqiqada "Urartu" jamoasi hisobni biroz qisqartirdi.
Mashg'ulot uchrashuvi
O'zbekiston – "Urartu" 4:2
Gollar: Alisher Odilov 35', Javohir Husanov 58', Doston Tursunov 62', Avazbek O'lmasaliev 70' – Xariton Ayvazyan 19', 105+3.
O'zbekiston: O'tkir Yusupov (Vladimir Nazarov, 36), Alibek Davronov (Doston Tursunov, 47), Jasur Jaloliddinov (Aziz Xolmurodov, 36, Sardor Bahromov, 71), Alisher Odilov (Xurshid G'iyosov, 36, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 71, 71), Otabek Ahadov (Dilshod Komilov, 47), Ibrohim Ibragimov (Mahmud Mahamadjonov, 36, Firdavs Abdurahmonov, 71), Nodir Abdurazzoqov (Abbos G'ulomov, 36, Behruz Karimov, 71), Rustam Turdimurodov (Ikrom Aliboev, 36, Anvar Hojimirzaev, 71), Oybek Bozorov (Javohir Husanov, 36, Samandar Mavlonqulov, 71), Sherzod Esanov (Quvondiq Ro'ziev, 36), Jahongir O'rozov (Avazbek O'lmasaliev, 47).
Zaxira: Edem Nemanov, Samandar Muratbaev.







