Nazorat bahsi. Samarqandning "Dinamo"si Rossiyaning 6 karra chempioni SSKAni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026
Vadim Abramov shogirdlari BAAda kechgan bahsda haqiqiy xarakter ko'rsatishdi.

Uchrashuv davomida uch bor hisobda ortda qolgan samarqandliklar yakunda g'alabani ilib kyetishga muvaffaq bo'lishdi.


Nazorat bahsi

SSKA (Rossiya) - "DINAMO" (O'zbekiston) 3:4

Gollar: 1:0 - 5' Joao Viktor, 1:1 - 16' Nurillo To'xtasinov, 2:1 - 26' Lusiano Gondu, 2:2 - 38' Azizbek Amonov, 3:2 - 81' Matvey Lukin, 3:3 - 82' Sanjar Qodirqulov, 3:4 - 90+2' Ahadjon Hoshimov.

SSKA: Torop, Gayich, Joao Viktor, Abdulkadirov, Bandikyan, Krugovoy, Barinov, Alves, Glebov, Voronov, Lusiano.

"Dinamo": Yagudin, Jumaboev, Brazil, Abdullaev, Qodirqulov, Abdusalomov, Kingsley, Salou, To'xtasinov, Halilov, Amonov.



O'yin xronikasi:

O'yin mezbonlarning tezkor goli bilan boshlandi. Biroq Nurillo To'xtasinov va Azizbek Amonovning gollari evaziga "Dinamo" muvozanatni saqlab turdi. Bahsning so'nggi o'n daqiqaligi esa haqiqiy trillerga aylandi. 81-daqiqada mezbonlar yana oldinga chiqib olishgan bo'lsa, bir daqiqa o'tib Sanjar Qodirqulov hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda Abdulhadjon Hoshimov g'alaba to'pini kiritib, Samarqand jamoasiga g'alabani taqdim etdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia