Vinisius muxlislar munosabati sabab "Real"ni tark etishga qaror qildi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026
Madridning "Real" jamoasi vingeri, braziliyalik Vinisius Junior joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi.

Bu haqda "Topskills Sports UK" xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi "Santyago Bernabeu" stadionida ayrim muxlislar tomonidan bir necha bor hushtak chalinishi ortidan jamoadan jiddiy ravishda ko'ngli qolgan. Aytishlaricha, Vinisius o'z atrofidagilarga jamoadan kyetish niyatida yurganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, klub ichidagi vaziyatni bir qator Yevropa grandlari diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xususan, "Chelsi" braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirib, ehtimoliy transfer variantini ko'rib chiqmoqda.

Vinisiusning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uning transfer qiymatini 150 mln evroga baholamoqda.

Vinisius joriy mavsum madridliklar safida barcha musobaqalarda 29 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Topskills Sports UK