Finalning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?

Khoja
12 yanv 2026
Tunda "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasida Ispaniya Superkubogi finali bo'lib o'tdi.

O'yin kataloniyaliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Barselona" hujumchisi Rafinya o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Braziliyalik futbolchi ikkita gol urib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.

Shu tariqa, "Barselona" Ispaniya Superkubogini rekord darajadagi 16-marta qo'lga kiritdi. Kubokni 13 marta qo'lga kiritgan "Real Madrid" Superkubog finalida 7-marta mag'lub bo'ldi.


KhojaMuallif
Manba: Marca