"Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2026
O'zbekiston kubogi sohibi "Paxtakor" klubi 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Mashg'ulotlarda oyog'i og'riyotgani bois Hojiakbar Alijonov ishtirok etmadi. Shuningdek, Azizbek Turg'unboev ham mashg'ulotda ko'rinmadi.

Ijaradan qaytgan Rustam Turdimurodov, Shahzod Azmiddinov,  Mahmud Mahamadjonov ham "sherlar" safida mavsumga tayyorgarlikni boshlashdi.

"Paxtakor"ning yangi futbolchilari Sanjar Quvvatov, Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullev ham bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.

Ushbu videoda Kamoliddin Tojiev, Sanjar Quvvatov va Sherzod Nasrullaevning intervyularini tomosha qilish mumkin.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia