"Navbahor" to'purari faoliyatini Toshkent jamoasida davom ettirishi mumkin

Khoja
2 dek 2025
Joriy mavsum "Navbahor" to'purari bo'lgan Abbos G'ulomov yangi mavsumni Toshkent jamoasida o'tkazishi mumkin.

Yarim himoyachiga Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi qiziqish bildirmoqda.  Yakuniy qaror qabul qilish futbolchining o'zida qolgan. "Navbahor" ham futbolchini saqlab qolishni maqsad qilgan.

Joriy mavsum Abbos G'ulomov Superligada 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistlik qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia