39 yoshli Noyer yozda faoliyatini yakunlaydimi?

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026, 20:02
"Bavariya" rahbariyati darvozabon Manuel Noyer bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishni istamoqda.

Bu haqda "Kicker" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, posbonning o'zi hali kelajagi borasida aniq qaror qabul qilmagan. U qarorni faqat jismoniy holatiga qarab qabul qiladi.

Shu bilan birga, Noyer Tomas Myuller kabi xorijga ketish variantini istisno qiladi. 39 yoshli darvozabon faoliyatini shu mavsum oxirida yoki keyinroq aynan "Bavariya"da yakunlashni xohlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker