Timur Kapadze Indoneziyaning qiziqishlari haqida nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
17 okt 2025, 11:47
Timur Kapadze Championat.asia saytiga Indoneziyadan qiziqish bor yoki yo'qligi bo'yicha tarqalayotgan xabarlarga izoh berdi.

"Indoneziyaning qiziqishi haqida o'qidim va eshitdim. Instagram sahifam indoneziyalik muxlislar maktublari bilan to'lib-toshmoqda. Biroq hozircha Indoneziya futbol assotsiatsiyasidan rasmiy taklif kelib tushmagan. 

Indoneziya – yaxshi shakllangan jamoa. U yerda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Indoneziyalik muxlislarning bu xohishi meni xursand qildi", – dedi Kapadze.

Avvalroq Timur Kapadze Patrik Klyuyvert o'rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia