Muhammadrasul Abdumajidov Belgiya klubiga o'tmaydi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2025
Muhammadrasul Abdumajidovning legionerga aylanishi hozircha bekor bo'ldi.

Oldinroq, Abdumajidov Bishkek-Istanbul-Bryusell yo'nalishida uchib ketdi. Ertaga Abdumajidov tibbiy ko'rikdan o'tadi va hammasi yaxshi bo'lsa Belgiyaning "Standard" klubi bilan shartnoma tuzishi haqida ma'lumot bergan edik.

Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi, lekin tizzasida menisk bilan muammo paydo bo'lgani bois "Standard" klubi transferni amalga oshirmaydigan bo'ldi. Abdumajidov bu muammo tufayli yaqin kelajakda jarohat olishi mumkinligi Belgiya klubini cho'chitdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia