"Manchester Siti" "Nyukasl"ning 22 yoshli himoyachisi uchun 65 million funt taklif qilishga tayyor

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2025, 20:18
"Nyukasl" Valentino Livramentoning "Manchester Siti"ga o'tishining oldini olmoqchi.

22 yoshli himoyachi "shaharliklar"ning transfer maqsadlaridan biri bo'lib turibdi. The Times xabariga ko'ra, "Siti" u uchun 65 million funt taklif qilishga tayyor.

"Nyukasl" Livramentoni qo'yib yuborishni xohlamaydi va uni jamoaning eng ko'p maosh oladigan o'yinchilaridan biriga aylantirib, 6 yillik yangi shartnoma taklif qilish niyatida.

Livramento o'tgan mavsum APLda 37 o'yin o'tkazdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times