Superligada ikkinchi davra boshlanishiga 10 kun qolganida navbatdagi iste'fo ro'y berdi

Khoja
21 iyul 2025
“Mashal“ bosh murabbiyi Asror Aliqulov jamoani tark etdi.

Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda. Jamoani hozirda Otabek Narzullaev boshqarmoqda. Unga Bahodir Murtozaev yordam bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Asror Aliqulov o'tgan mavsum “Mashal“ bilan Proligada 1-o'rini egallab, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Muborak jamoasi joriy mavsum Superliganing 1-davrasidan so'ng turnir jadvalida 12-pog'onada ketmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia