"Bavariya" Luis Dias uchun 52 mln evro taklif qildi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025
"Liverpul" vingeri Luis Dias faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Bild" ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, myunxenliklar 28 yoshli kolumbiyalik uchun 52 mln evro taklif qilgan. Avvalroq futbolchi shaxsiy shartnoma shartlariga rozi bo'lgani xabar qilingandi.

Dias o'tgan mavsum 50 o'yinda 17 ta gol va 8 ta assistni hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 70 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild