

Xorazmliklar "Navbahor" hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.
Ma'lumot o'rnida, Xoldorxonov joriy mavsum "lochinlar" tarkibida 9 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. Hujumchi "Navbahor"dan tashqari "Olimpik" va "Paxtakor" safida ham faoliyat olib borgan.
Transfermart portali uni 200 ming evroga baholagan.



