Fayzullaevning murabbiyi: "Abbos o'zi uchun to'g'ri qaror qabul qiladi"

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2025, 12:39
SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning birinchi murabbiyi Dmitriy An futbolchi faoliyatini davom ettirish borasida to'g'ri qaror qabul qilishiga ishonmoqda.

Avvalroq Fayzullaevga Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

"Ichki ovoz Abbosga kelajagi bo'yicha qanday qarorga kelishi kerakligini aytadi. Biz hozirda vaziyatni to'liq bilmaymiz, SSKAga ham yangi murabbiy keldi. Biroq Fayzullaev o'zi uchun to'g'ri qaror qabul qiladi deb o'ylayman. Shu bilan birga, men Abbosni yaxshi bilaman. Biz ko'p marta uchrashganmiz va u SSKA haqida juda iliq fikrda. Shuning uchun u klub muxlislari yoki rahbariyatini xafa qiladigan qaror qabul qilmasligiga ishonchim komil", – dedi An.

Fayzullaev 21 yoshda. U o'tgan mavsum SSKA safida 39 o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi hamda 8 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.com