Fransiyaning nomdor jamoalaridan biri Liga 2 ga tushirib yuborildi

Khoja
25 iyun 2025
Fransiyaning mashhur klublaridan biri Lion Liga 1dan chetlatilgani rasman e'lon qilindi.

Kecha Fransiya milliy nazorat va boshqaruv direkciyasi (DNSG) yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda “Lion“ jamoa rahbari Jon Tektsor ham ishtirok etdi. Yig'ilishda “Lion“ rahbarining taqdim etgan ma'lumotlari ko'rib chiqildi va komissiya a'zolari tomonidan maqullanmaganidan so'ng jamoa quyi ligaga “badarg'a“ qilindi.

Endi “Lion“ apellyaciya berish imkoniyatiga ega. Agarda apellyaciyada ham ijobiy natija qayd etilmasa, jamoa yangi mavsumni Liga 2 musobaqasida o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, “Lion“ o'tgan mavsum Liga 1 turnirida 6-o'rinni egallab, Yevropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, jamoani hozirda 500 million evrodan ortiq qarzi bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com