Superliga. "Buxoro" va "Andijon" Samarqandda murosa ko'chasini tanladi

Iskandarov Abdulaziz
13 iyun 2025
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Andijon" uchrashuvi boshlanish arafasida. Jamoalar tarkiblari bilan tanishing.

“Buxoro” - “Andijon” 1:1 (TUGADI)

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 

13.06.2025, 20:00

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Amir Galeev, Sherzod A'zamov

Zaxira hakami: Shahboz Azimov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

VAR hakami: Doston Rahmonov

AVAR hakami: Husan Xudoyberdiev

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Bektemir Abdumannonov (Rustam Turdimurodov) 58, 0:1, Shohboz Jo'rabekov 68, 1:1

"Buxoro": 1. Shirinboy Abdullaev, 2. Izzatillo Po'latov, 5. Sardor Qulmatov, 6. Ravshan Xayrullaev (17. Javohir Ro'ziev, 86), 10. Shohro'z Norxonov (19. Bilol To'pliev, 46), 25. Frane Chiryak, 27. Muhammad Yuldashev, 88. Dominik Begich ( 14. Maxmud Jo'raboev, 90+2), 93. Marko Kolakovich, 95. Frane Ikich ( 77. Asilbek Qayumov, 64), 97. Shohboz Jo'rabekov

Zaxira: 21. Otabek Boymurodov, 4. Javohir O'tamurodov, 8. Anvarjon Jo'raev,   23. Azamat Shomurodov, 33. Iosip Tomashevich,

"Andijon": 25. Valijon Rahimov, 2. Abubakir Ashurov, 4. Islom Mamatkazin, 6. Altin Kreziu (18. Damir Temirov, 46) 10. Ilhomjon Abdug'aniev, 13. Sardorbek Azimov, 14. Abdurahmon Komilov (7. Rustam Turdimurodov, 46), 22. Usmonali Ismonaliev, 23. Doniyor Abdumannopov, 26. Muhammadkarim Toirov, 71. Bektemir Abdumannonov

Zaxira: 12. Mohirbek Komilov,  8. Iskandar Shayqulov,  20. Sirojiddin Solijonov, 21. Asadbek Xabibullaev, 28. Bekzod Sulaymonov, 55. Miraziz Maxamadaliev, 88. Shoxjahon Yorqinboev

Ogohlantirish: Altin Kreziu ("Andijon") 29



MATNLI TRANSLYATSIYA


90+3. Uchrashuv yakunlandi. 

90+2. O'ZGARISH. "Buxoro", Dominik Begich o'rniga Mahmud Jo'raboev tushdi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. O'ZGARISH. "Buxoro", Ravshan Xayrullaev o'rniga Javohir Ro'ziev tushdi.

76. ZARBA. Bektemirning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

68. GOL. "Buxoro" uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Shohboz Jo'rabekovning jarimadan tepgan to'pi Valijon Rahimov darvozasidan joy oldi. 

64. O'ZGARISH. "Buxoro", Frane Ikich o'rniga Asilbek Qayumov tushdi.

63. ZARBA. "Buxoro"ning kam sonli hujumlaridan biri zarba bilan tugadi. Begichning zarbasi darvoza tashqi to'riga tegdi.

61. ZARBA. Rustam Turdimurodovning zarbasi haddan tashqari kuchli va noaniq ko'rinish oldi.

58. GOL. Doniyor Abdumannopov boshlagan hujumni Rustam Turdimurodov davom ettirdi, Bektemir Abdumannonov nuqta qo'ydi.

55. "Andijon"dan xavfli hujum. Doniyor Abdumannopovning zarbasini "Buxoro" darvozaboni qaytardi, qaytgan to'pni Rustam darvozaga yo'llay olmadi.

48. ZARBA. "Buxoro" futbolchisi Shohboz Jo'rabekovning kutilmagan tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

46. O'ZGARISH. "Andijon", Abdurahmon Komilov o'rniga Rustam Turdimurodov, Altin Kreziu o'rniga Damir Temirov tushdi. 

46. O'ZGARISH. "Buxoro", Shohro'z Norxonov o'rniga Bilol To'pliev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

38. ZARBA. Ilhom Abdug'anievning zarbasini Abdullaev qaytardi. Ikkinchi urinishda ushlab oldi.

29. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Altin Kreziu. 

28. "Buxoro" qulay nuqtada jarima zarbasini ishladi. Zarba esa jonli devorga tegib qaytdi.

25. O'yin tengsuratlar ostida kechmoqda. 

18. ZARBA. Bektemir Abdumannonov raqib jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. Shirinboy Abdullaev osonlikcha ushlab oldi.

12. ZARBA. Burchakdan uzatib berilgan to'pni Usmonali Ismonaliev "Buxoro" darvozasiga yo'lladi. Xavfli ammo noaaniq zarba. 

6. To'p nazorati "Andijon" jamoasida. 

1. Jamoalar ilk daqiqalardan shiddatli futbol ko'rsatmoqda.

- Bellashuv boshlandi.

- O'yin 20:00da start oladi.

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia