"Cementchi" "Aral" bilan o'yin uchun Nukusga bormaydi. Jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi

Sherzod Nurmatov
20 may 2025, 12:42
O'zbekiston Kubogi "A" guruhining 3-turiga kelib "Cementchi" Nukusga bormasligini ma'lum qildi, deb xabar berdi PFL matbuot xizmati.

Mazkur bellashuvdagi g'alaba "Cementchi"ni navbatdagi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Shunga qaramay, jamoa rahbariyati yuqoridagi qarorni lozim deb topdi. 

Avvalroq "So'g'diyona" mazkur guruhni peshqadam sifatida yakunlashi aniq bo'lib ulgurgandi. Bu jizzaxliklarga nimchorak final bellashuvini "So'g'diyona" stadionida qabul qilish imkonini beradi. "Aral" esa guruhning ikkinchi jamoasi sifatida 1/8 finalni raqib maydonida o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz