O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoy bilan durang o'ynadi

Khoja
21 mar 2025, 07:32
Ayni kunlarda O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazmoqda.

 Ravshan Haydarov shogirdlari yig'in davomida kecha mezbonlarga qarshi maydonga tushdi.

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Yancheng shahridagi Xalqaro o'rtoqlik turniri doirasida Xitoy bilan durang qayd etdi. Ushbu bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Vakillarimiz navbatdagi uchrashuvini 23 mart kuni Vetnam U-23 jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA