

38 yoshli futbolchi Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va 2023 yil boshidan buyon klub va mamlakat uchun urgan gollar sonini 40 taga etkazdi. Shu tariqa Ronaldu “Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xolandni ortda qoldirdi. Xollandning hisobida hozircha 39 ta gol bor.


