"Xorazm" ikki nafar legionerni o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
9 fev 2025, 08:35
Superliga jamoalari selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Bu yil elitada ishtirok etadigan "Xorazm" tarkibini kuchaytirish ishlariga jiddiy kirishgan. Narzulla Saydullaevning xabar berishicha klub "Andijon"ning ikki nafar legioneri tojikistonlik hujumchi Shahrom Samiev va serbiyalik Vladimir Bubanyani o'z safiga qo'shib olish arafasida turibdi. Bu ikki futbolchi o'tgan mavsum "burgutlar" bilan O'zbekiston kubogida zafar quchgan edi. 

Ma'lumot uchun, Samiev Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol, 2 ta assist qayd etdi. Bubanya esa 24 ta o'yinda darvozalarga 4 ta to'p kiritdi va jamoadoshlarining 1 ta goliga assistentlik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia