"Manchester Yunayted" hujumchisiga A Seriya klublari da'vogar

Mirjalol Normatov
6 fev 2025, 23:54
"Manchester Yunayted"ning 23 yoshli hujumchisi Joshua Zirkzi ushbu mavsumdan keyin A Seriyaga qaytishi mumkin.

"Todofichajes" ma'lumotiga ko'ra, niderlandiyalik futbolchiga "Yuventus" va "Napoli" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ushbu klublar yozda futbolchi uchun kurash olib boradi.

2024 yil yozida MYU bilan 5 yillik shartnoma imzolagan futbolchining transfer summasi 42 mln evroga baholanmoqda.

Ushbu mavsumda Zirkzi APLning 24 o'yinida qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todofichajes