"Liverpul" ijaradagi himoyachisini chaqirib oldi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025
"Liverpul" Shotlandiya yoshlar terma jamoasi himoyachisi Kelvin Remzini "Uigan"dagi ijara muddatidan ertaroq ortga qaytaradi.

Futbolchi bugundan "qizillar" bilan mashg'ulotlarni boshlaydi. Remzi "Uigan"ning asosiy futbolchisiga aylana olmadi. Yaqin orada uni yana bir ijara kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, Remzi "Liverpul"ga 2022 yilning iyulida "Aberdin"dan kelib qo'shilgandi. Uning shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: This Is Anfield