Abduqodir Husanov O'zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2024, 17:04
Transfermarkt Fransiya chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning transfer narxini yangiladi.

Yangilanishdan so'ng Abduqodir Husanovning transfer narxi 7 million evroga ko'paydi va 12 million evroga etdi!

Himoyachi bu mavsum "Lans" klubining asosiy futbolchisiga aylanib oldi. Husanov bir necha marta o'yinning eng yaxshi futbolchisi (yoki kamida eng yaxshilardan biri) deb topildi. Bundan tashqari, oktyabr oyida Abduqodir Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi. Transfer narxining oshishiga Husanovga Yevropaning top-klublaridan bo'layotgan qiziqish ham sabab bo'ldi.

Endi Husanov:
• Fransiya chempionatida markaziy himoyachilar orasida 21-o'rinda;
• Fransiya chempionatida U-21 markaziy himoyachilar orasida 2-o'rinda;
• Osiyolik markaziy himoyachilar orasida 4-o'rinda.

Shunday qilib, Abduqodir Husanov ayni paytda O'zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylanib oldi. Bu o'zbek futboli tarixidagi ikkinchi natijaga aylandi: 2021 yilda "Roma"ga o'tganidan keyin Transfermarkt Eldor Shomurodovni 14 million evroga baholagan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia