

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Germaniyaning "Bayer", "Borussiya D" va "Red Bull Leyptsig" klublari Abduqodir Husanovga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Bu klublar qishki transfer oynasidayoq "Lans"ga transfer bo'yicha rasmiy murojaat yo'llashga tayyorlar.
PSJga qarshi o'yindagi qizil kartochka Husanovga bo'lgan qiziqishga ta’sir ko'rsatgani yo'q. Sababi klublar futbolchini bitta o'yinga qarab emas uzoq muddatli kuzatuvlardan so'ng sotib olishadi.




