

O'yin haqida
- Hammasiga o'zingiz guvoh bo'ldingiz, biz bugunni o'yinni boy berdik.
- Uchrashuvning dastlabki qismida yuzaga kelgan jarohatlar rejalaringizga ta’sir ko'rsatdimi?
- Futbolda uchrab turadigan holat. Biz e'tiborni yo'qotdik, palapartishliklarga yo'l qo'ydik.
- Dragan Cheran yaxshi o'ynab turgandi. Uning Sobirxo'jaev bilan almashtirilishiga qanday izoh berasiz?
- Ketma-ket har 3 kunda o'yin o'tkazish oson emas. Futbolchi ham inson va unda ham charchoq kuzatiladi. Bilasiz, bir necha kun avval Elit Chempionlar ligasidagi o'yinimizni o'tkazdik. Shu boisdan turli o'zgarishlar bizga zarur edi.



