

"Dinamo PFK shuni ma'lum qiladiki, darhaqiqat Erondagi transfer oynasining so'nggi kunida jamoamiz hujumchisi Joel Kojo bo'yicha Eronning Istiqlol klubidan rasmiy taklif tushdi. Ammo O'zbekiston Superligasida transfer oynasining allaqachon yopilgani, hozirda Joel Kojoning o'rnini to'ldirishning imkoni yo'qligi sababli "Dinamo" PFK fors klubining taklifini rad etdi.
Klub futbolchining ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan fikrlarini ichki tartibda ko'rib chiqadi va tegishli chora ko'radi" - deyiladi klub xabarida.



