"Ketsang-chi, endi. Baribir seni maydonga tushirmaymiz"

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2024
"Barselona" nima qilib bo'lsa ham bu futbolchidan qutulmoqchi.

Hujumchi Vitor Roke kataloniyaliklarning kelajakdagi rejalariga kirmaydi. Klub yil boshida 40 million evroga xarid qilingan braziliyalik forvarddan qutulish payida yuribdi. Rokening o'zi tarkibdagi o'rni uchun kurashishga tayyor va "Al Hilol"dan tushgan taklifni rad etishga ham ulgurgan. Ammo murabbiylar shtabi uning harakatlaridan qanoatlanmagan.

Futbolchining istagiga qaramay, "Barselona" xaridor topilsa, Vitorni taxminan 30 millionga sotib yuborishga tayyor turibdi.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca