37 yoshli Ronaldu APLda 2008/09 yilgi mavsumdagi natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
3 may 2022, 10:00
Angliya chempionati 35-turida “Manchester Yunayted” 3:0 hisobida “Brentford”dan ustun keldi.

Uchrashuvda penaltini aniq amalga oshirgan Krishtianu Ronaldu musobaqa joriy mavsumidagi gollari sonini 18 taga etkazib, 2008/09 yilgi mavsumdagi natijasini takrorladi.

Umuman 37 yoshli futbolchining APLdagi eng yaxshi ko'rsatkichi 2007/08 yilgi mavsum qayd etilgan. O'shanda u 31 ta to'p kiritgandi.

Shuningdek, "Brentford" Ronaldu gol urgan 168-jamoaga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru