37 yoshli o'zbekistonlik darvozabon faoliyatida ilk bor legionerga aylandi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2024, 11:33
"Buxoro" sobiq posboni Sardor Qobuljonov legionerga aylandi.

Mavsumni "G'ijduvon" klubida boshlashi kutilgan Qobuljonov faoliyatini Tojikistonning "Vaxsh Boxtar" klubida davom ettirishga qaror qildi. Bunga "G'ijduvon"ning Pro liga ham, Birinchi ligada ham ishtirok eta olmasligi sabab bo'ldi.

Ayni paytda "Vaxsh" klubida o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Tohir Mo'minov murabbiylik qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia