37 yoshli Ibragimovich ketma-ket uchta o'yinda dubl qayd etdi

Alisher
26 avg 2019, 12:19
"Los-Anjeles Gelaksi"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Lon-Anjeles" bilan o'yinda ikkita gol urishga erishdi.

37 yoshli shved so'nggi uch uchrashuvda dubl qayd etdi. Zlatan MLS chempionatining 22ta bahsida ishtirok etib, 22ta gol urishga erishgan.

Zlatan hozircha to'purarlar ro'yxatining ikkinchi o'rnida bormoqda. 1-o'rinni esa 26ta o'yinda, 27ta gol urgan holda Karlos Vela band etib turibdi.

"Los-Anjeles" MLSning g'arbiy qismida 1-o'rinda borayotgan bo'lsa, Ibragimovich jamoasi esa chempionatni 4-o'rinda davom ettirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LAGalaxy