"Barselona" Flikni qachon bosh murabbiy sifatida e'lon qilishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
23 may 2024
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi sobiq murabbiyi Xans Diter Flik tez orada "Barselona" ustoziga aylanadi.

Ispaniyalik jurnalist Xaver Valls tvittyerda bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi murabbiyni 30 may kuni e'lon qilmoqchi.

Klub sport direktori Dekuning Flik bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyatli o'tgan. Germaniyalik murabbiy Kataloniya klubidagi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay ishlashga tayyor.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/fussballeuropa