"Andijon" U-20 jahon chempionati ishtirokchisini tarkibga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2024
"Andijon" klubi navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Vodiy jamoasi "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Rustam Turdimurodov bilan shartnoma imzoladi.

Rustam Turdimurodov 2004 yilning 4 aprel kuni tavallud topgan. Hujumchi “Paxtakor” klubida to'p surgan. Uning oxirgi jamoasi esa Belarusning “Energetik-BGU” klubi hisoblanadi.

Shuningdek, Turdimurodov bir qancha yosh toifalaridagi terma jamoalarimizda ham o'ynagan. O'tgan yili Argentinada bo'lib o'tgan U-20 jahon chempionatida terma jamoamiz sharafini himoya qilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати