Kamerun futbol federatsiyasi prezidentining iste'fosi qabul qilinmadi

Оқил Абдубарноев
7 fev 2024
Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti Samyuel Eto'o iste'foga chiqdi.

Iste'fo to'g'risida 42 yoshli funkcioner terma jamoaning Afrika kubogidagi ishtiroki borasidagi yig'ilishda ma'lum qilgan bo'lsa-da, federatsiya Ijroiya qo'mitasi uning iste'fosini qabul qilmagan.

Kamerun terma jamoasi Afrika kubogining 1/8 final bosqichida Nigeriyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, chempionlik uchun kurashni to'xtatdi.

Eslatib o'tamiz, Eto'o 2021 yildan beri Kamerun futbol federatsiyasini boshqarib kelmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: KingFut