

Bu haqida rus OAVlari xabar bermoqda.
Fayzullaev O'zbekiston U-20 terma jamoasi va SSKA safidagi harakatlari, Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi ishonchli o'yinlari bilan "Bavariya" skautlari e'tiboriga tushgan. Shu o'rinda takidlash lozim, hali 21 yoshga to'lmagan iqtidorli futbolchi o'z mamlakati milliy termasi safida xalqaro arenada ham ishonchli o'yin ko'rsatsa, unga ko'plab klublar tomonidan qiziqish bo'lishi turgan gap. Uning ajoyib texnikasi, maydonni ko'ra bilish qobiliyati va uzatmalari jahon futboli grandi bo'lgan "Bavariya" skautlarining ham e'tiborini tortgani tabiiy hol.
Ushbu mavsum Abbosbek SSKAning nafaqat asosiy tarkib vakiliga, balki jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylanib oldi. Moskva klubi tarkibidagi 18 o'yinda hamyurtimiz 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma etkazib berdi.
"Transfermarkt" portali Fayzullaevning transfer narxini 4 million evroga baholamoqda.



